Joriy yilning 7-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari Bishkekdan kelgan O‘zbekiston fuqarosining kiyimiga yashirilgan qimmatbaho zargarlik buyumlarini aniqladi, deya xabar berdi bojxona xizmati.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yo‘lovchi bojxona nazorati vaqtida to‘xtatilib, ko‘rikdan o‘tkazilgan. Natijada og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, umumiy og‘irligi 412 gramm bo‘lgan sariq va oq metallardan tayyorlangan hamda olmos bilan bezatilgan zargarlik buyumlari topilgan.
Bojxona organlari ushbu buyumlarning qiymatini 550 million so‘mga baholadi. Qimmatbaho buyumlar ashyoviy dalil sifatida saqlovga olingan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.