Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Soxta DXX xodimi ushlandi

Gulhayo Naimova 05.08.20251 daqiqa o'qiladi
153

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimi deb tanishtirgan, Namangan shahrida yashovchi fuqaro qo‘lga olindi.

1985-yilda tug‘ilgan ushbu shaxs Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxona rahbarini aldab, chetdan olib kelingan tovarlarni Bojxona qo‘mitasining nazoratidan “muammosiz” o‘tkazib berishini va’da qilgan. U buni go‘yoki Bojxona qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali amalga oshirishi mumkinligini bildirgan.

DXX va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, gumonlanuvchi fuqaro har bir yuk partiyasi uchun 500 AQSh dollaridan, jami 1000 dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi.

Tergovga ko‘ra, u avvalroq ham korxona rahbaridan xorijdan import qilinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvlaridan “tezlashtirib chiqarib berish” evaziga 1000 AQSh dollari olgan bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *