Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • “Qurilish shartnomasi niqobi ostida aldab, Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etishga majburlashdi…”
Jamiyat

“Qurilish shartnomasi niqobi ostida aldab, Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etishga majburlashdi…”

Gulhayo Naimova 05.08.20252 daqiqa o'qiladi
136

Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan O‘zbekiston fuqarosi, jizzaxlik yigit 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Bu haqda 30-iyul kuni Zafarobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi qaror chiqardi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, yigit 2024-yil oktabr oyida Rossiyaga ish izlab borgan va u yerda qurilish sohasida ish taklifi sifatida taqdim etilgan imkoniyat orqali Rostovdan Donuga yetib borgan. Ammo unga Rossiya Qurolli Kuchlari safiga bir yilga xizmat qilish bo‘yicha shartnoma imzolattirilgan.

30-oktabr kuni u Novocherkassk shahridagi harbiy qismga yuborilgan va harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan. Keyin esa 2024-yil noyabrdan 2025-yil fevraligacha Kursk viloyatida front chizig‘i yaqinida joylashgan harbiy hududda xizmat qilgan. U janglarda bevosita qatnashmagan, balki elektr ta’minoti va oziq-ovqat yetkazib berish kabi yordamchi texnik vazifalarni bajargan.

Yigit sudda o‘z aybini tan olgan va armiyaga aldov bilan jalb qilinganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xizmatdan bosh tortgan taqdirda unga qamoq bilan tahdid qilingan. Harbiy xizmat davomida olgan 1,3 million rublni u ota-onasiga yuborgan va ayrim xarajatlariga sarflagan. Kasallangach, davolanish uchun orqaga qaytarilgan va keyinchalik O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, 2025-yil fevral oyida vatanga qaytgan.

Sud uni Jinoyat kodeksining 154-moddasi bilan yollanma jangchi sifatida aybli deb topdi. Jazo muddati davomida unga ommaviy tadbirlarda qatnashish, internetdan foydalanish, Jizzax viloyatini tark etish va yashash manzilini o‘zgartirish taqiqlandi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *