Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Endi poytaxtliklar chaqirgan tez yordam mashinasini online kuzatib turshi mumkin

Abrambek Azimov 04.08.20251 daqiqa o'qiladi
1103

Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan ilk bor «103» brigadalari harakatini real vaqt rejimida onlayn kuzatib borish yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tajriba-sinov loyihasiga ko‘ra, endilikda poytaxt aholisi tez tibbiy yordam brigadalarining qayerda ekanligi va qancha vaqtda chaqiruv manziliga yetib borishini onlayn kuzatib turishlari mumkin.

Yangi loyiha «Yandex Uzbekistan» kompaniyasining texnologik yechimi asosida amalga oshirilib, «103» brigadasi harakatlari brauzerda elektron xarita orqali, yaqin kelajakda esa «Yandex Go» mobil ilovasi yordamida kuzatib boriladi.

Unga ko‘ra, «Tez yordam»ga murojaat qilingandan so‘ng, tizim avtomatik ravishda brigadaning harakati real vaqt rejimida ko‘rsatiladigan elektron xaritaga havola orqali SMS-xabar yuboradi.

«Ushbu yangilik, eng avvalo, tez tibbiy yordam tizimida shaffoflikni ta’minlash va dispetcherlarning ish yuklamasini kamaytirishga xizmat qiladi. Hozirda bu yechim Toshkent shahrida shoshilinch chaqiruvlar uchun amal qiladi, biroq keyinchalik loyihani kengaytirishni maqsad qilganmiz», –deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov.

Ma’lumot uchun, Respublika tez tibbiy yordam markaziga mamlakat bo‘ylab har kuni o‘rtacha 40 mingga yaqin chaqiriq kelib tushadi. Ularning 60 foizini esa shoshilinch murojaatlar tashkil etadi.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *