Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Ukrainada xorijlik harbiy asirlar roʻyxati eʼlon qilindi: o‘zbekistonliklar 1-oʻrinda
Yangiliklar

Ukrainada xorijlik harbiy asirlar roʻyxati eʼlon qilindi: o‘zbekistonliklar 1-oʻrinda

Gulhayo Naimova 31.07.20251 daqiqa o'qiladi
373

Ukrainadagi harbiy harakatlar davomida asirga tushgan xorijiy fuqarolar orasida O‘zbekiston fuqarolari eng katta guruhni tashkil qilmoqda. Bu haqda urush paytida taslim bo‘lganlar va asirga tushganlar bo‘yicha ma’lumot to‘playdigan Ukraina loyihasi — “Xochu jit” (“Men yashashni xohlayman”) xabar bermoqda.

Loyihaning bildirishicha, 2025-yil boshidan buyon kamida 902 nafar o‘zbekistonlik Rossiya Qurolli Kuchlari bilan shartnoma imzolagan. Umumiy hisobda, loyiha xodimlari Rossiya armiyasiga qo‘shilgan 1100 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosining shaxsini aniqlagan. Ularning 100 nafardan ortig‘i halok bo‘lgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu shaxslarning aksariyati Rossiyada yashab mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar bo‘lgan. Ular yuqori maosh, qurilish yoki orqa xizmatdagi ish, shuningdek Rossiya fuqaroligini olish va’dalari bilan yollangan.

“Xochu jit’” loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Ukrainada 33 davlat fuqarolari harbiy asir sifatida saqlanmoqda. O‘zbekiston esa bu ro‘yxatda birinchi o‘rinda turibdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *