Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Andijonda OIV bilan ro‘yxatda turgan uch ayolning mijozlarga xizmat koʻrsatgani aniqlandi

Andijon viloyatida massaj salonlari va tungi klublarga qaratilgan profilaktik reydlar davomida OIV (odam immun tanqisligi virusi) bilan kasallangan va dispanser nazoratida turgan uch nafar ayol aniqlandi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mutasaddilarning aytishicha, aniqlangan holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur ayollarning faoliyati va ularning boshqa fuqarolar bilan ehtimoliy aloqalari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Viloyat sog‘liqni saqlash xodimlari aholiga murojaat qilib, agar kimdir ushbu muassasalarga borgan bo‘lsa yoki o‘zida OIV yuqtirish xavfini gumon qilayotgan bo‘lsa, zudlik bilan bepul va ishonchli tibbiy ko‘rikdan o‘tishni tavsiya qildi.

Mutaxassislar OIV erta aniqlansa, uni davolash imkoniyati yuqori ekanini eslatib, har bir fuqaroni o‘z salomatligiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.