Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Yaponiyada oʻqituvchi doʻkonda qoʻshimcha daromad qilgani uchun ishdan boʻshatildi

Abrambek Azimov 28.07.20251 daqiqa o'qiladi
189

Yaponiyada maktab oʻqituvchisi darsdan tashqari vaqtda savdo doʻkonida ishlagani uchun ishdan boʻshatildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 60 yoshli pedagog qoʻshimcha daromad topish maqsadida yashash manzili yaqinidagi chakana savdo nuqtasida vaqtincha ishlagan.

Oʻqituvchining qoʻshimcha ish faoliyati taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanmagan boʻlib, mazkur holat xaridorlardan biri tomonidan mahalliy taʼlim departamentiga maʼlum qilingan. Shundan soʻng, maktab direktori ushbu vaziyatga shaxsan aralashib, oʻqituvchining doʻkonda ishlayotganini tasdiqlagan.

Rasmiy bayonotga koʻra, oʻqituvchi oʻz pedagogik majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarib kelgan. Shunga qaramasdan, maktab rahbariyati bu holatni oʻquv jarayoniga soʻzsiz salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, deb baholagan hamda oʻqituvchini ishdan ozod qilgan. Shuningdek, pedagog ota-onalar va oʻquvchilar oldida uzr soʻragan.

Taʼlim sohasi mutaxassislarining taʼkidlashicha, Yaponiyada davlat xizmatchilari, xususan, oʻqituvchilarning asosiy ishidan tashqarida qoʻshimcha ish faoliyati bilan shugʻullanishi qonun va kasb etikasidan chetga chiqish sifatida qabul qilinadi. Bu holat xodimning asosiy vazifalariga eʼtiborsizlik qilish ehtimolini oshirishi mumkin deb hisoblanadi.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *