Yaponiyaning Kobe shahrida 60 yoshli erkak 95 yoshli onasining jasadini taxminan o‘n yil davomida kvartirasida yashirganlikda gumon qilinib hibsga olindi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Takehisa Miyavaki ijtimoiy fobiyadan aziyat chekkanini aytib, onasining o‘limi haqida xabar bermaganini tan oldi.
Tergovga ko‘ra, jasad 2025-yil may oyida mahalliy rasmiyning shubhasidan so‘ng aniqlangan. Rasmiy ko‘chada Miyavakini uchratib, onasining ahvoli haqida so‘ragan. Erkak savollardan qochgan, bu esa politsiyaga xabar berilishiga sabab bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralari xonadonda tintuv o‘tkazib, hojatxonadan skelet qoldiqlarini topdi. Miyavaki onasining vafotini bilganini, ammo odamlar bilan muloqotdan qo‘rqib, hech kimga xabar bermaganini ma’lum qilgan.
DNK tahlili jasad aynan Miyavakining onasiga tegishli ekanini ko‘rsatdi. Politsiya marhumaning o‘limida zo‘ravonlik alomatlari yo‘qligini tasdiqladi. Ish yuzasidan surishtiruv davom etmoqda.