Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Toshkentda bankni oʻyinchoq toʻpponcha bilan oʻmarishga uringan erkakka hukm oʻqildi
Jamiyat

Toshkentda bankni oʻyinchoq toʻpponcha bilan oʻmarishga uringan erkakka hukm oʻqildi

Gulhayo Naimova 24.07.20251 daqiqa o'qiladi
2115

Poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan bank filialiga oʻyinchoq toʻpponcha bilan bostirib kirib, pul oʻgʻirlashga uringan erkakka besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Bu haqda “Millar”  dasturi xabar berdi.

Sud materiallariga koʻra, hodisa joriy yilning 18-aprel kuni soat 16:40 atrofida sodir boʻlgan. Sudlanuvchi, ismi oshkor etilmagan erkak, yuzini qora niqob bilan berkitgan holda va nevarasining oʻyinchoq toʻpponchasini qoʻliga olib, bank xodimlariga hujum qilgan. U kassa xodimasining peshonasiga toʻpponchani tirab, mavjud naqd pullarni topshirishini talab qilgan.

Sudlanuvchi keyinchalik soʻroq jarayonida oʻz harakatini shaxsiy hayotida yuzaga kelgan muammolar bilan izohlagan. Uning aytishicha, u tasodifan bank yonidan oʻtayotib, shu harakatni sodir etishga qaror qilgan.

Bank xodimasi esa qarshilik koʻrsatib, “tashvish tugmasi”ni bosgan va voqea joyiga tezkorlik bilan Qoʻriqlash xizmati xodimlari yetib kelgan. Ular gumonlanuvchini qoʻlga olib, huquqni muhofaza qilish organlariga topshirgan.

Tergov davomida erkakning jinoyat sodir etish quroli aslida oʻyinchoq boʻlgani aniqlangan boʻlsa-da, u tomonidan qoʻllanilgan tahdid jinoyat tarkibini toʻliq qamrab olgan deb topildi.

Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik) boʻyicha ayblov e’lon qilindi va u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *