Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Andijon shahrida ayol tomonidan boshqa bir ayolga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan surishtiruv boshlandi
Jamiyat

Andijon shahrida ayol tomonidan boshqa bir ayolga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan surishtiruv boshlandi

Gulhayo Naimova 22.07.20251 daqiqa o'qiladi
136

Shu kunlarda 2024-yil 15-dekabr kuni Andijon viloyatining Hunarmand mahallasida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik holatiga oid videotasvirlar  ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan jamoatchilik noroziligi ortidan huquq-tartibot organlari tekshiruv olib bordi.

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon egasi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro A.P. o‘zining savdo do‘konida ishlovchi, 2005-yilda tug‘ilgan S.S.ga nisbatan qarz masalasi sabab bosim va zo‘ravonlik ko‘rsatgan.

Jabrlanuvchi ilgari bu borada ichki ishlar organlariga yoki yaqinlariga murojaat qilmagan.

Ayni vaqtda holat bo‘yicha barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan bo‘lib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *