Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Kobulda 100 dan ortiq ayol “noto‘g‘ri hijob” kiyganlikda ayblanib hibsga olindi

IMG 20250722 134358 543

Kobul shahrining Dashti Barchi tumanida 100 dan ortiq ayol hijobni “noo‘rin” kiyganlikda ayblanib, Tolibon tomonidan hibsga olindi, deb xabar bermoqda Zakon.kz nashri.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, qizlar restoranlar, savdo markazlari va ko‘chalardan olib ketilgan. Ayrim hibsga olingan ayollar hozirgacha oila a’zolari bilan bog‘lana olmagan. Ular qayerga olib ketilgani noma’lumligicha qolmoqda.

Tolibon 2021-yilda hokimiyatni qo‘lga olganidan so‘ng yana faoliyatini boshlagan “Ezgu fazilatlarni targ‘ib qilish va buzuqlikning oldini olish vazirligi” ushbu hibsga olishlarga mas’ul ekani aytilmoqda. Vazirlik tomonidan ayollar uchun qat’iy kiyinish qoidalari belgilangan bo‘lib, 2024-yilda jamoat joylarida yuz va tanani to‘sib yurishni majburiy qiluvchi qonun kuchga kirgan.

Tolibon vakillari bu hibslar yuzasidan izoh bermagan. Ayrim manbalarda esa, vazirlik agentlari ayollarga faqat “hijob bo‘yicha maslahat” bergani aytilgan.