Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Andijon shahrida ayol tomonidan boshqa bir ayolga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan surishtiruv boshlandi

IMG 20250722 184219 694

Shu kunlarda 2024-yil 15-dekabr kuni Andijon viloyatining Hunarmand mahallasida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik holatiga oid videotasvirlar  ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan jamoatchilik noroziligi ortidan huquq-tartibot organlari tekshiruv olib bordi.

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon egasi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro A.P. o‘zining savdo do‘konida ishlovchi, 2005-yilda tug‘ilgan S.S.ga nisbatan qarz masalasi sabab bosim va zo‘ravonlik ko‘rsatgan.

Jabrlanuvchi ilgari bu borada ichki ishlar organlariga yoki yaqinlariga murojaat qilmagan.

Ayni vaqtda holat bo‘yicha barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan bo‘lib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.