Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Sirdaryoda koʻcha supuruvchi ayol nomiga kredit olib Haj qilgan brigadirning siri ochildi

Sirdaryo viloyatida obodonlashtirish xizmatida ishlovchi brigada rahbari ko‘cha supuruvchi ayol nomiga kredit rasmiylashtirib, ushbu mablag‘ evaziga haj safariga borgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ma’lum qildi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, brigada boshlig‘i o‘z qo‘l ostida ishlaydigan ayol nomiga kredit olib, undan shaxsiy maqsadlarda foydalangan. Holat ayolning o‘g‘li tomonidan jamoat uchrashuvida oshkor etilgan. Unda oʻgʻil kredit mablagʻi onasi tomonidan toʻlanayotgani, onasining oʻz joniga qasd qilmoqchi ekanligi aytilgan.

Ertasi kuni viloyat hokimligi har ikki fuqaro — supuruvchi ayol va brigada boshlig‘ini qabulga chaqirgan. Biroq brigada rahbari uchrashuvga kelmagan.

Keyinroq aniqlanishicha, u kredit mablag‘larini to‘lab, muammoni bartaraf etgan.

Hozircha holat yuzasidan rasmiy huquqiy chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmagan.