Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi

Malika Haqqiyeva 17.07.20251 daqiqa o'qiladi
1550

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori xizmat mavqeini suiisteʼmol qilgan holda oʻzganing ishonchiga kirib, uning Navoiy viloyatida yashovchi, 1995-y.t. tanishini davlat imtihonidan muvaffaqqiyatli oʻtkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytadi.

DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1500 AQSH dollari va kirish imtihoni uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 1 mln 900 ming soʻm pul mablagʻlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *