Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Ozodlikning bahosi 18 ming dollarmi?

Gulhayo Naimova 16.07.20251 daqiqa o'qiladi
89

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida yana bir yuqori lavozimli mansabdorning jinoyati fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Toshkent shahar IIBBning Mirzo Ulug‘bek tumani IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik U.S. qo‘lga olindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u ilgari Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat) bilan ayblanib, hibsga olingan fuqaroga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qo‘llanilgan qamoqni garov ehtiyot chorasi bilan almashtirishni va’da qilgan. Buning evaziga esa ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan.

Ammo va’dasini bajara olmagan podpolkovnik poraning bir qismini qaytarayotgan paytda, aynan shu holat ashyoviy dalillar bilan tasdiqlanib, qo‘lga olindi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoq belgilandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *