Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Qashqadaryoda ikki nafar ayol daryoda cho‘kib ketdi

Gulhayo Naimova 16.07.20251 daqiqa o'qiladi
111

Qashqadaryo viloyatida dam olish uchun dala hovliga chiqqan ikki nafar ayol Oqdaryo daryosida cho‘kib vafot etdi. Har ikkala ayolning yoshi 61 da bo‘lgan. Bu haqda “Millar” dasturi xabar bermoqda.

Hodisa 7-iyul kuni sodir bo‘lgan. Ayollar yozgi issiqdan qutulish va tabiat bag‘rida hordiq chiqarish uchun dala hovliga yo‘l olishgan. Maʼlum bir vaqtda ular daryoga tushib cho‘milmoqchi bo‘lishadi. Biroq Oqdaryoning kuchli oqimi ularni oqizib ketgan va ayollar suvdan chiqishga ulgura olmay halok bo‘lgan.

Voqea joyiga tezkor xizmatlar jalb etilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng ayollarning jasadlari topilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Rasmiylar fuqarolarga ochiq suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatishmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *