60
“Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida yer osti tunneli qurilishi va ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli, Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 9-iyuldan 9-avgustga qadar transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Yopilish Toshkent viloyati tomondan kelayotgan yo‘nalishda amalga oshiriladi. Avtomobillar Milliy bog‘ ko‘chasiga, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i chegarasi bo‘ylab o‘tuvchi aylanma yo‘l orqali yo‘naltiriladi.