Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Toshkentda qiz harakatdagi avtomobildan yoʻlga sakragan holat boʻyicha mutasaddilar izoh berdi
Jamiyat

Toshkentda qiz harakatdagi avtomobildan yoʻlga sakragan holat boʻyicha mutasaddilar izoh berdi

Gulhayo Naimova 08.07.20251 daqiqa o'qiladi
96

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 18 yoshli qiz harakatlanayotgan avtomobildan sakrab tushdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ichki ishlar organlarining rasmiy xabariga ko‘ra, hodisa taxminan soat 11:00 larda Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2001- yilda tug‘ilgan X.A. “Nexia” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan bo‘lgan. U bilan birga avtomobilda 2006-yilda tug‘ilgan tanishi B.J. ham bo‘lgan. Ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgach, B.J. avtomobil harakatda bo‘lgan paytda eshikni ochib, yo‘lga sakragan.

Voqea joyida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va uni shifoxonaga olib borishgan.

Dastlabki tibbiy ma’lumotga ko‘ra, qizning peshonasi va chap yonoq sohasi lat yegan, teri ostida gematoma aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, tekshiruv yakunida qonuniy chora ko‘riladi.

Ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qiz o‘g‘irlab ketilayotgan bo‘lgan, degan taxminlarni ilgari surgan. Ichki ishlar organlari bunday xabarlarni rad etib, fuqarolardan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *