Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Qashqadaryoda aka-uka o‘rtasidagi janjal fojia bilan yakunlandi

Gulhayo Naimova 08.07.20251 daqiqa o'qiladi
89

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida joylashgan Pistali mahallasida yashovchi aka-uka o‘rtasida uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan nizolar fojiali yakun topdi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bergan ma’lumotga ko‘ra, janjallarga sabab marhum otaning o‘ziga tegishli yer maydonini katta o‘g‘liga vasiyat qilganidir. Ukasi esa bunga norozi bo‘lib, turli bahonalar bilan akasiga nisbatan norozilik bildirishda davom etgan.
So‘nggi mojaro chog‘ida u akasini keliniga nisbatan (ukaning ayoli) nomaqbul so‘zlar aytganini vaj qilib, jizzaki holatda qo‘lida bo‘lgan qattiq jism orqali oʻz tugʻishganiga tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda aka voqea joyida halok bo‘lgan.

Jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Koson tuman sudining qaroriga binoan, uka O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” va “i” bandlariga asosan qotillik sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 15 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *