Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • The Daily Telegraph: Isroil Eron tomonidan besh harbiy obyektga berilgan zarbalarni yashirdi
Jahon

The Daily Telegraph: Isroil Eron tomonidan besh harbiy obyektga berilgan zarbalarni yashirdi

Gulhayo Naimova 05.07.20251 daqiqa o'qiladi
30

Isroil hukumati Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumlari oqibatida beshta harbiy obyekt, jumladan yirik aviabaza zararlangani haqidagi ma’lumotni ommadan yashirgani aniqlandi. Bu haqda The Daily Telegraph gazetasi Oregon shtati universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahliliga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eronning oltita raketasi Isroilning shimol, janub va markaziy hududlaridagi muhim harbiy obyektlarga — razvedka markazi va logistik bazani ham o‘z ichiga olgan — zarba bergan.

Umuman olganda, 12 kun davom etgan to‘qnashuvda Eron Isroilning 40 dan ortiq infratuzilma nuqtalarini nishonga olgan.

Isroil Mudofaa kuchlari bu zarbalar yuzasidan izoh bermadi, biroq barcha bo‘linmalar uzluksiz faoliyat ko‘rsatganini bildirdi.

The Daily Telegraphga ko‘ra, Isroil va AQShning havo mudofaa tizimlari ushbu hujumlar vaqtida raketalarning 84 foizini yo‘ldayoq urib tushirgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *