Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Yaponiyada bir yarim hafta ichida 900 ga yaqin zilzila yuz berdi

IMG 20250702 163358 786

Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Tokara orollari hududida bir yarim hafta davomida 865 dan ortiq zilzila qayd etildi. Bu haqda Kyodo News agentligi xabar berdi.

So‘nggi zilzila chorshanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 04:32 da yuz bergan bo‘lib, uning dastlabki magnitudasi 5,1 bo‘lgan. Zilzila Yaponiyaning Kagosima prefekturasiga qarashli Akuseki orolida, 7 ballik yapon seysmik shkala bo‘yicha 5 balldan past kuch bilan qayd etilgan.

Shu kuni yana bir kuchli yer silkinishi Kodaqara orolida ham kuzatildi, u 4 ballik faollikda bo‘lgan.

Yaponiya Meteorologiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, hozircha zilzilalar oqibatida hech qanday vayronagarchilik yoki jabrlanganlar haqida xabar kelmagan.

Tokara orollari Yaponiyaning Yakushima va Amami-Osima orollariga yaqin joylashgan. 21-iyundan beri ushbu hududda kuchli seysmik faollik qayd etilmoqda. Faqatgina chorshanba kuni ertalab soat 9:00 holatiga ko‘ra, 865 ta yer silkinishi (kamida 1 ball kuchga ega) aniqlangan.

Avvalroq xabar qilinishicha, Tokara orollari atrofidagi dengizda 400 dan ortiq yer silkinishi qayd etilgan edi.