Farg‘ona viloyatida YHXB xodimlari tomonidan Malibu avtomobili uchun berilgan 106 ta jarima noqonuniy ravishda bekor qilindi. Jarimalar 40 081 SBA davlat raqami bilan ro‘yxatga olingan Malibu avtomobiliga tegishli bo‘lgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.
Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, jamoat xavfsizligi xizmati tekshiruvni o‘tkazdi. Tekshiruv natijasida 5 nafar YHXB xodimi disiplinar javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, viloyat ichki ishlar bo‘limi, Malibu-2 avtomobili bilan bog‘liq barcha jarimalarning qonuniy tartibda to‘lanishini ta’kidladi.
