Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Buxoro viloyati sobiq hokimi vafot etdi

Jarayon 04.07.20251 daqiqa o'qiladi
73

Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 4-iyul kuni atoqli davlat va jamoat arbobi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Damir Yadgarov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi.

Damir Yadgarov 1937-yil 18-fevralda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1960-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini aynan shu dargohda — institutning yoshlar qo‘mitasi kotibi sifatida boshlagan. Keyinchalik u turli yillarda Yoshlar tashkiloti, qishloq va suv xo‘jaligi tizimida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

1992–1994-yillarda Buxoro viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini yaxshilash va bozor iqtisodiyoti tamoyillarini joriy etish yo‘nalishlarida muhim tashabbus va amaliy ishlarga boshchilik qilgan.

Shuningdek, Damir Yadgarov O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro filialiga rahbarlik qilgan yillarda seleksiya va urug‘chilik sohasida ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish borasida katta hissa qo‘shgan. Uning rahbarligida Zarafshon vohasiga mos paxta navlari yaratilib, amaliyotga joriy etilgan.

Ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida u fidokorona xizmatlari, rahbarlik salohiyati va halolligi bilan jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *