Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Andijonda IIV xodimining o’limiga sabab bo’lgan,qidiruvdagi shaxs ushlandi

Nilufar Qobilova 04.07.20251 daqiqa o'qiladi
141

2025-yil 1-iyul kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida, “Yuksalish” mahallasida ichki ishlar organlari xodimi, hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurahim Abduvaliev xizmat vazifasini bajarish vaqtida pichoq bilan yaralanib, vafot etgani xabar qilingan edi

Ma’lumotlarga ko’ra, Abduvalievning o‘limi bilan bog‘liq gumonlanuvchi, 2025-yil 4-iyul kuni, Xo‘jaobod tumanidagi “So‘qoloq” qabristonining yaqinida yashirinib yotgan holda topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Yu. Xolbozorov qo‘lga olinayotganda, o‘ziga pichoq bilan jiddiy jarohat yetkazgan. Hozirda unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga olib ketilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *