Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

Nilufar Qobilova 04.07.20251 daqiqa o'qiladi
54

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya elchisi Moskvaning Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan olish qarori haqida tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘ini xabardor qilgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, Afg‘oniston hukumati rasman tan olinganini tasdiqlagan. Rossiyaning Afg‘onistondagi maxsus vakili, Kobulov, bu qarorni Putin va Lavrovning taklifi asosida qabul qilinganini aytgan.

Shuningdek, Tolibon tomonidan kiritilgan Afg‘oniston bayrog‘i ilk bor Moskvadagi elchixona tepasiga o‘rnatildi.

“Afg‘onistonni tan olish to‘g‘risidagi qarorni Putin Lavrov taklifi bilan qabul qilgan va bu Moskvadagi muloqot o‘rnatish istagidan dalolat beradi”, — deydi Rossiyaning Kobuldagi elchisi.

Avvalroq AQSH “Tolibon”ning terrorchi tashkilot sifatidagi maqomini qayta ko‘rib chiqishi haqida xabar bergandi. AQSH davlat kotibi Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda hibsda bo‘lgan amerikaliklarning ozod qilinishi bilan bog‘liq.

“Bu maqom hozir yana qayta ko‘rib chiqilmoqda, chunki so‘nggi vaqtlarda hibsga olingan ba’zi amerikaliklarni ozod qilishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdik”, — dedi Rubio, Vakillar palatasida bo‘lib o‘tgan eshituvda.

Shuningdek, Davlat kotibi AQSH terrorchi tashkilotlar, jumladan, “Al-Qoida”ga qarshi kurashda “Tolibon”dan ko‘proq hamkorlikni kutishini ta’kidladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *