Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Bolalar aravachasidek keladigan avtomobil haqida eshitganmisiz?

Gulhayo Naimova 03.07.20251 daqiqa o'qiladi
55

Peel P50 – dunyodagi eng kichik seriyali avtomobil sifatida tarixga kirgan. U 1962-yilda Men orolida joylashgan “Peel Engineering Company” tomonidan ishlab chiqarilgan.

Kompaniya ilgari mototsikllar ishlab chiqargan, ammo shahar ko‘chalariga mos noodatiy avtomobil yaratishga qaror qilgan.

Avtomobil faqat bitta odam va ozroq yuk uchun mo‘ljallangan. Dastlabki narxi 550 dollar bo‘lgan. Jami 50 ga yaqin dona ishlab chiqarilgan. Hozirgi kunda “Peel P50” kolleksionerlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda, auksionlarda u 100 ming dollarga baholanmoqda.

Mashinaning o‘lchamlari bolalar aravachasiga teng: uzunligi – 137 sm, kengligi – 104 sm, balandligi – 120 sm. Uning og‘irligi atigi 59 kg, g‘ildiraklar oralig‘i esa 127 sm. Eng qiziq tomoni – uni orqa tutqichidan ushlab ko‘tarish va burish mumkin.

Peel P50 faqat shaharda harakatlanish uchun mo‘ljallangan. U tirbandliklarda bemalol harakatlanadi, istalgan tor joyga park qilinadi va qisqa masofali safarlar uchun qulay. Bu mashina o‘z vaqtida ingliz ofislariga ham olib kirilgan.

U mashhur Top Gear ko‘rsatuvida namoyish etilgach, yana-da mashhur bo‘ldi. Hozirda u muzeylarda va kolleksiyalarda saqlanmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *