Toshkent shahrida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan 9,500 dona “Menavazin”, 1,300 dona “Glitserin”, va 2,000 dona “Metralin” dori vositalari, shuningdek infuzion eritmalar quyish uchun mo‘ljallangan 56,880 dona tibbiy buyumlar 9,700 AQSh dollari va 2,550,000 so‘mga sotilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tadqiqot davomida “Glitserin” suyuqligi qo‘lbola usulda tayyorlab, qadoqlangani ma’lum bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi” davlat markazining xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarini respublika hududida sotish, tashish va amaliyotda qo‘llash taqiqlangan.
Hodisa yuzasidan fuqaro Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasining 2-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda.