Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Hindistondagi kimyo zavodida portlash: 39 kishi halok bo‘ldi

Gulhayo Naimova 01.07.20251 daqiqa o'qiladi
31

Hindiston janubidagi Telangana shtatida joylashgan kimyo zavodida yuz bergan kuchli portlash va yong‘in oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda Reuters va mahalliy axborot agentliklari xabar bermoqda.

Portlash dushanba kuni, Haydarobod shahridan 48 km uzoqlikda joylashgan Pashamylaram sanoat hududida joylashgan “Sigachi Industries” zavodida sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda zavodda 150 ga yaqin ishchi bo‘lgan, ulardan 90 nafari portlash markaziga yaqin joyda bo‘lgan.

Portlash ortidan kuchli yong‘in chiqib, binoning katta qismi qulab tushgan. Qutqaruvchilar hali ham vayronalar ostidan omon qolganlarni qidirishmoqda.

Hukumat hodisani tergov qilish uchun maxsus komissiya tuzganini ma’lum qildi. Portlash sababi hali rasman aniqlanmagan. Dastlab reaktor portlagani taxmin qilingan edi, ammo rasmiylar bu versiyani rad etdi.

Hozirda voqea joyida o‘nlab tez yordam mashinalari, o‘t o‘chirish brigadalari va politsiya ishlamoqda. Mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini bildirdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *