Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Fransiyada 1-iyuldan ochiq havoda chekish taqiqlandi

Gulhayo Naimova 30.06.20251 daqiqa o'qiladi
26

Fransiyada 1-iyuldan boshlab plyajlar, bog‘lar, jamoat transporti bekatlari va bolalar qatnaydigan muassasalar yaqinida tamaki mahsulotlarini chekish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Katrin Votrenning so‘zlariga ko‘ra, yangi cheklov bolalarni tamaki tutunidan himoya qilishga qaratilgan. “Tamaki bolalar bor joylarda bo‘lmasligi kerak,” — dedi u.

Hozircha qonunni buzganlar uchun rasmiy jarima joriy etilmagan. Biroq kelgusida chekish taqiqlariga amal qilmagan fuqarolar 135 yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

Fransiya hukumati ushbu chorani chekish darajasini kamaytirish yo‘lidagi muhim bosqich deb baholamoqda. Rasmiylar tamaki mahsulotlari uzoq yillar davomida mamlakatda uslub va kino timsoli bo‘lib kelganini, ammo bugungi kunda bu qarashlar o‘zgarib borayotganini ta’kidladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, Fransiyada har yili chekish bilan bog‘liq kasalliklar tufayli 75 ming kishi vafot etadi. So‘nggi yillarda ayniqsa, yoshlar orasida chekuvchilar soni kamaygan bo‘lsa-da, hukumat tamaki iste’molini yanada qisqartirishga bel bog‘lagan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *