Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Rossiyaga kirishda bugundan yangi qoidalar kuchga kirdi: nimalarni bilish kerak?
Jahon

Rossiyaga kirishda bugundan yangi qoidalar kuchga kirdi: nimalarni bilish kerak?

Gulhayo Naimova 30.06.20252 daqiqa o'qiladi
73

2025-yil 30-iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasiga kiradigan barcha xorijiy fuqarolar uchun yangi tartib joriy etildi. Endi mamlakatga borishni rejalashtirayotganlar ruID nomli mobil ilova orqali oldindan elektron ariza topshirishlari va biometrik ma’lumotlarini taqdim etishlari mumkin.

Bu tizim tajriba tarzida bir yil davomida amal qiladi, yaʼni 2026-yil 30-iyungacha.

ruID ilovasi qanday ishlaydi?

ruID — Rossiya hukumatining rasmiy mobil ilovasi bo‘lib, Rossiyaga safar qilmoqchi bo‘lgan xorijliklar quyidagilarni amalga oshiradi:

— Ilovani App Store yoki Google Play’dan yuklab olish;

— Rossiya “Gosuslugi” akkaunti orqali kirish yoki ro‘yxatdan o‘tish;

— Safar maqsadi, muddati, tashrif buyuriladigan hududlar va bolalar haqida ma’lumot kiritish (agar birga kirilsa);

— Yuz rasmi, pasport nusxasi va ovozli yozuv bilan biometrik identifikatsiyadan o‘tish.

Ariza topshirish vaqti:

— Kamida 72 soat oldin, maksimal 90 kun oldin;

— Favqulodda holatlarda (kasallik, o‘lim va h.k.) – 4 soat oldin, tegishli hujjat bilan.

Agar shaxs ilgari Rossiyada biometrik ma’lumot topshirgan bo‘lsa, ruID orqali faqat yuz rasmini yuborib ariza berishi mumkin.

Rossiyaga kirishda quyidagilar talab etiladi:

— Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
— Ayrim aeroport va chegara punktlarida yuz rasmi va barmoq izi topshirish.

Chegaradagi ma’lumotlar shaxs ruID orqali yuborgan ariza bilan avtomatik taqqoslanadi. Shundan so‘ng oʻsha kishi uchun raqamli profil shakllantiriladi — bu aynan shu shaxs haqidagi barcha zaruriy ma’lumotlarni (pasport, biometrik info, safar maqsadi, muddat va h.k.) o‘z ichiga oladi.

Quyidagi shaxslar ruID ilovasi orqali ariza topshirish va biometrik ma’lumot berishdan ozod etilgan:

Diplomatik va xizmat pasporti egalari;

Xalqaro tashkilotlar vakillari;

Rasmiy delegatsiyalar a’zolari va ularning oila a’zolari;

6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

Xizmat safari bilan kirayotgan davlat xizmatchilari.

ruID ilovasi orqali ariza topshirish hozircha ixtiyoriy, ammo tavsiya etiladi.
Yangi tizim vizasiz kirish huquqiga ega barcha xorijliklarga taalluqlidir.
2025-yil 30-iyundan boshlab bu tartib Rossiyaning barcha chegara punktlarida amal qiladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *