Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Yangiliklar

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi naqdsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin

Gulhayo Naimova 30.06.20251 daqiqa o'qiladi
38

O‘zbekistonda uy-joy savdosi kelgusida to‘liq naqdsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Senat majlisida Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda yashirin iqtisodiyot ulushi hanuz yuqori bo‘lib qolmoqda. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida bir nechta vazirlik va idoralar ishtirokida Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjatda asosiy e’tibor naqdsiz to‘lovlar tizimini joriy etish va uni ommalashtirishga qaratilgan.

“Ko‘plab davlatlar 2030-yilgacha naqdsiz iqtisodiyotga to‘liq o‘tishni rejalashtirgan. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda eng yirik bitimlarni — xususan, ko‘chmas mulk savdolarini — bank tizimi orqali rasmiylashtirishni maqsad qilgan,” — dedi Mirzayev.

Hozirda uy-joy savdosi ko‘pincha naqd pulda amalga oshirilmoqda. Yangi tartib joriy etilsa, bunday to‘lovlar qonuniy ravishda bank aylanmasi orqali amalga oshiriladi.

Rasmiylarning fikricha, bu yondashuv iqtisodiy faoliyatni ochiq va shaffof qilishga xizmat qiladi.

Qaror loyihasi hali qabul qilinmagan bo‘lsa-da, Senatdagi taqdimotga ko‘ra, bu tizim bosqichma-bosqich joriy qilinishi mumkin.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *