Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Germaniyada bepul yashash imkoniyati: ariza topshirish hali davom etmoqda
Jahon

Germaniyada bepul yashash imkoniyati: ariza topshirish hali davom etmoqda

Gulhayo Naimova 29.06.20252 daqiqa o'qiladi
1164

Germaniyaning Brandenburg viloyatida joylashgan Ayzenhyuttenstadt shahri dunyo bo‘ylab odamlarni ikki haftalik bepul yashash uchun taklif qilmoqda.

Shahar rasmiylari bu orqali yangi aholini jalb qilishni va hududning iqtisodiy faolligini tiklashni rejalashtirmoqda. Loyihaga hozirning o‘zida 1200 dan ortiq ariza tushgan, ulardan ko‘pchiligi Qozog‘iston, Ukraina va boshqa Yevropa Ittifoqi tashqarisidagi davlatlardan yuborilgan.

1950-yillarda sotsialistik namunaviy shahar sifatida qurilgan Ayzenhyuttenstadt bugungi kunda atigi 25 ming aholiga ega. 1990-yillardagi sanoat tanazzulidan so‘ng aholi soni deyarli ikki baravarga kamaygan. Endilikda rasmiylar shaharni jonlantirish uchun innovatsion yondashuvni tanlagan — bepul uy-joy va ish bilan ta’minlash orqali malakali kadrlarga eshik ochmoqda.

“Biz shahrimizda yangi bosqichni boshlayapmiz. Ish o‘rinlari mavjud, ammo bizga mutaxassislar kerak. Shu sabab bu loyihani boshladik,” — deydi shahar ma’muriyati matbuot kotibi Valentin Frantse.

 Loyiha shartlarida quyidagilar taklif etilgan:

Yashash muddati: 2 hafta bepul (kommunal to‘lovlar ham ichida)

Joylashuv: Mebellangan xonadonlar
Qo‘shimcha: Shahar ekskursiyasi, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar
Maqsad: Doimiy yashovchilarni jalb qilish va bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish

Kimlar topshira oladi:

Yoshi: 18 va undan katta bo‘lganlar
Til: Nemis tilini kamida A2/B1 darajada bilish
Kasb: Tibbiyot, sanoat, texnika, IT va xizmat ko‘rsatish sohalarida malakali mutaxassislar
Motivatsiya: Ko‘chib o‘tishga jiddiy qaror qilganlar afzallikka ega.

“Biz tanlab olish jarayonida aynan bizda yetishmayotgan mutaxassislik egalariga e’tibor qaratamiz. Bu vaqtinchalik sayohat emas — bu yangi hayot uchun qadam bo‘lishi kerak,” — deydi loyiha menejeri Yuliya Basan.

Ariza topshirish:

Muddat: 2025-yil 31-iyulgacha
Onlayn ariza va hujjatlar:
Rasmiy sayt: www.jetzt-pläne-schmieden.de/probewohnen

Loyiha va ariza shartlari haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

— Nemis tilidagi motivatsion maktub
— Kasb yoki tajriba haqidagi ma’lumot
— Kontaktlar (bog‘lanish uchun e-mail yoki telefon)

Ayzenhyuttenstadt rasmiylari bu tashabbus orqali shaharni nafaqat iqtisodiy, balki demografik jihatdan ham tiklashga umid qilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *