Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “City Football Group” O‘zbekistonda klub sotib olishni rejalashtirmoqda – Otabek Umarov
Sport

“City Football Group” O‘zbekistonda klub sotib olishni rejalashtirmoqda – Otabek Umarov

Nilufar Qobilova 27.06.20251 daqiqa o'qiladi
96

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida davom etayotgan tadbirda Otabek Umarov City Football Group O‘zbekistonda futbol klubini sotib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik futbolchining “Manchester City” safiga qo‘shilishi kutilayotgani bildirildi.

City Football Group — bu “Manchester City” va bir nechta boshqa klublarga egalik qiluvchi yirik kompaniya bo‘lib, uning deyarli barcha qit’alarda klublari mavjud.

Umarovning aytishicha, “City” rahbariyati Husonov effekti haqida ijobiy fikrda. Chunki Husonovning transferi rasmiy sahifalarda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishga sabab bo‘lgan. Shu bois, tomonlar o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari o‘rganilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *