Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Prezident jurnalistlarni bayram bilan tabrikladi

Nilufar Qobilova 27.06.20251 daqiqa o'qiladi
372

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan, bugun sizlarning ishtirokingizda tantanali ravishda taqdirlanayotgan barcha tanlov g‘oliblarini hamda yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha xodimlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Ishonchim komilki, sizlarning har biringiz kelgusida o‘z tajriba va mahorat maktabingizni yaratib, milliy jurnalistikamiz ravnaqiga yanada katta hissa qo‘shasizlar.

Hech shubhasiz, ommaviy axborot vositalari xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash, ijodiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash bundan buyon ham Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Doimo sog‘-omon bo‘ling, mas’uliyatli va sharafli mehnatingizdan baraka toping, azizlar!

 

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *