O‘zbekistonda 2025-yilgi abituriyentlar soni so‘nggi yetti yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Yuqori ta’lim muassasalariga hujjat topshirganlarning umumiy soni – 732 411 nafar bo‘lib, bu avvalgi yillardagi ko‘rsatkichlardan ancha kam.
Abituriyentlarning gender tarkibi quyidagicha:
- Erkaklar – 346 299 nafar
- Ayollar – 386 112 nafar
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yetti yil ichida abituriyentlar soni quyidagicha o‘zgarib borgan:
- 2019-yil – 1 066 925 nafar
- 2020-yil – 1 484 085 nafar
- 2021-yil – 948 211 nafar
- 2022-yil – 1 214 232 nafar
- 2023-yil – 1 018 007 nafar
- 2024-yil – 894 279 nafar
- 2025-yil – 732 411 nafar
Mutaxassislar bu kamayishni bir nechta omillar bilan izohlashmoqda: aholi demografik o‘zgarishlari, chet elda o‘qishga bo‘lgan qiziqishning ortishi, ichki mehnat bozori talablarining o‘zgarishi, shuningdek, o‘quv tizimiga nisbatan ishonch va motivatsiyaning pasaygani.