Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

O‘zbekistonda 2 tonnadan ortiq narkotik moddalar yo‘q qilindi

Nilufar Qobilova 26.06.20251 daqiqa o'qiladi
91

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekistonda 2 tonnadan ortiq giyohvandlik moddasi yoqib yuborildi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan moddalar odatdagidek ochiq maydonda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jami 2 tonna 135 kilogramm 188 gramm narkotik vositalar yo‘q qilingan. Ularning tarkibi quyidagicha:

  • 99 kg 882 g geroin,
  • 202 kg 555 g opiy,
  • 415 kg 124 g gashish,
  • 395 kg 739 g marixuana,
  • 613 kg 94 g kanabis o‘simligi,
  • 153 kg 15 g ko‘knor boshoqlari va somoni,
  • 57 kg 847 g mefedron,
  • 29 kg 603 g a-PVP,
  • 5 kg 750 g spays,
  • 5 kg 544 g katinon va boshqa moddalar.

Mazkur tadbir har yili 26-iyunga to‘g‘ri kelib o‘tkaziladi. So‘nggi yillarda yo‘q qilinayotgan narkotik moddalarning hajmi deyarli bir xil – o‘rtacha 2 tonna atrofida bo‘lmoqda.

Masalan,
2024-yilda – 2 tonna 158 kg,
2023-yilda – 2 tonna 51 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari yoqilgan edi.

Mutasaddilar bu kabi ommaviy yo‘q qilish tadbirlari giyohvand moddalarni tarqatish va iste’mol qilishga qarshi kurashda ogohlik va jamoatchilik faolligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *