Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Ozodbek Nazarbekov Prezident oldida kamondan o‘q uzdi

Nilufar Qobilova 25.06.20251 daqiqa o'qiladi
232

O‘zbekiston Prezidenti Mо‘g‘ulistonga qilgan davlat tashrifi davomida milliy bayram festivali bo‘lib o‘tmoqda. 11-12 iyul kunlari butun Mо‘g‘ulistonda katta festival boshlanadi.

Bugun, Ix Tngeriyn majmuasida davlatimiz rahbari tashrifiga bag‘ishlangan milliy bayram sahnalari tashkil etildi.

Festivalning eng yorqin voqeasi bu “nadaam” musobaqalari bo‘ldi. Musobaqa davomida mо‘g‘ul botirlari uchta asosiy bellashuv — kurash, otga yugurish, kamondan o‘q otish bo‘yicha raqobatlashdilar.

Koncertdan so‘ng, juda qiziqarli musobaqa o‘tkazildi, buni o‘zbeklarning oshiq o‘yini bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan suyak otish musobaqasi tashkil etildi. O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘zini sinab ko‘rdi. Oshiq otishda omad kelmadi, ammo kamon otish musobaqasida o‘q maqsadga yetib bordi.

Nadaam o‘yinlari UNESCOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *