Rossiyada 2026-yildan boshlab migrantlar uchun rus tilini bilish bo‘yicha og‘zaki sinov joriy etilishi mumkin. Bu haqda Rosobrnadzor rahbari Musayev RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Ushbu ishni amalga oshirish uchun ishchi guruh tuzilgan va faol ish olib borilmoqda. Komissiya faoliyatini muhokama qilish va og‘zaki sinovni joriy etish bo‘yicha qaror kelgusi yil boshidan qabul qilinishi mumkin,” — dedi Musayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada til imtihonlarini og‘zaki shaklda o‘tkazish texnologiyasi mavjud. Bu jarayonni tez va samarali tashkil etish uchun mutaxassislarni jalb qilish va baholash tizimi bo‘yicha ish olib borilmoqda.