Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Urganch shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Nilufar Qobilova 25.06.20251 daqiqa o'qiladi
94

Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansabidan foydalanib, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan mahalliy fuqaro uchun qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan.

Natijada, katta tergovchi 2025-yilning 16-28 may o‘ralig‘ida 1000 AQSH dollari, 10 million so‘m, qiymati 1000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 million 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Ammo, fuqaro Jinoyat Kodeksining 25,168 modda 1-qismi va 28,211-modda 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini dastlabki tergovda tugatmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganini bilib, tergovchidan oldin berilgan pul mablag‘lari va ashyolarni qaytarib berishni talab qilgan.

Shundan so‘ng, tergovchi 1000 AQSH dollari, qiymati 1000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 million 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtda DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarma va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *