Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • FVV va IIO xodimlariga elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlarni jazolash vakolati berilmoqda
O'zbekiston

FVV va IIO xodimlariga elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlarni jazolash vakolati berilmoqda

Nilufar Qobilova 24.06.20251 daqiqa o'qiladi
159

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda energetika resurslarining noqonuniy sarfiga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi.Qonun loyihasiga ko‘ra, elektr, suv va gazdan noqulay foydalanuvchilar uchun belgilangan jarima miqdori oshirilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) va Ichki ishlar organlari (IIO) xodimlariga elektr energiyasidan behuda sarflash bo‘yicha jazoga tortish vakolati berilmoqda.

Deputatlar, ayniqsa, energetika sohasidagi huquqbuzarliklar bilan samarali kurashish zaruriyatini ta’kidladi.

Shuningdek, qonunda yakka tartibdagi tadbirkorlarni energiya resurslaridan samarasiz foydalanish uchun ma’muriy huquqbuzarliklar subyektlari sifatida belgilash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, noqonuniy ulanishlar va energiya o‘g‘irlanishi uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilinmoqda.

Qonun loyihasining asosiy maqsadi — energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash va ularni bepul sarflanishining oldini olish.

Ushbu o‘zgarishlar energiya va resurslarni samarali foydalanish va ishlab chiqarish resurslarining noto‘g‘ri sarflanishining oldini olishga qaratilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *