Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Eron AQSH hujumidan so‘ng ham yadroviy dasturini davom ettirishini ma’lum qildi
Jahon

Eron AQSH hujumidan so‘ng ham yadroviy dasturini davom ettirishini ma’lum qildi

Gulhayo Naimova 22.06.20251 daqiqa o'qiladi
166

Eron Atom energiyasi tashkiloti AQSH tomonidan mamlakatdagi yadroviy obyektlarga uyushtirilgan hujumdan so‘ng rasmiy bayonot berdi. Unda aytilishicha, Eron yadroviy energetika sohasidagi ishlarni to‘xtatmoqchi emas.

Tashkilotning ta’kidlashicha, AQSHning bu harakati xalqaro huquqlarga, xususan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga zid hisoblanadi.

“Amerika dushmani kiber makon orqali yuqorida tilga olingan obyektlarga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu obyektlar esa Xalqaro atom energiyasi agentligi tomonidan doimiy kuzatuvda turadi”, — deyiladi bayonotda.

Tashkilot xalqaro hamjamiyatdan AQSHning harakatlarini qoralashni va Eronni qo‘llab-quvvatlashni umid qilayotganini bildirdi.

“Eron Atom energiyasi tashkiloti millatni ishontirib aytadiki, dushmanlarning yovuz rejalariga qaramay, minglab inqilobiy va fidokor olimlarimiz hamda mutaxassislarimiz sa’y-harakatlari bilan bu milliy sanoat rivojining to‘xtashiga yo‘l qo‘yilmaydi”, — deyiladi Erondan bildirilgan rasmiy bayonotda.

AQSHning Erondagi yadroviy obyektlarga hujumi

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp xalqga murojaat qilib, mamlakat Fordo, Natanz va Isfahon shaharlaridagi uchta yadroviy obyektga zarba berganini e’lon qilgan edi.

Shundan so‘ng BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSHning bu harakatini tinchlik va xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid deb atadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning Eron hududlariga qilgan hujumlari boshlanganidan beri 430 kishi halok bo‘lgan, 3500 dan ortiq kishi tan jarohati olgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *