Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • O'zbekiston
  • Ummon davlatida zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik ayol farzandlari bilan Vatanga qaytarildi
O'zbekiston

Ummon davlatida zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik ayol farzandlari bilan Vatanga qaytarildi

Gulhayo Naimova 21.06.20251 daqiqa o'qiladi
139

O‘zbekistondagi diplomatlar yordamida oilaviy zo‘ravonlikka uchragan vatandoshimiz, Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaro S.I., ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan birga Ummon davlatidan O‘zbekistonga qaytarildi.

“Dunyo” axborot agentligi muxbirining xabar berishicha, S.I. avvalroq O‘zbekistonning Ummon davlatidagi Elchixonasiga murojaat qilib, O‘zbekistonga qaytishda amaliy yordam so‘ragan.
Uning aytishicha, 2019-yildan buyon Al-Bureymi shahrida eronlik, fuqaroligi yo‘q erkak bilan qonuniy nikohda yashab kelgan. 2020-yilda qiz, 2022-yilda esa o‘g‘il farzand dunyoga keltirgan, biroq hujjat muammolari sababli ularning tug‘ilganlik guvohnomalarini ololmagan.

S.I.ning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i giyohvandlikka ruju qo‘ygan va unga hamda bolalariga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan, ayolni uyda majburan ushlab turgan.

Diplomatlar vaziyatni o‘rganib, S.I. va farzandlarini Al-Bureymi shahridan Maskatga olib kelishgan va vaqtincha vatandoshlarimizdan birining uyiga joylashtirishgan.

Ummon davlatining tegishli idoralari bilan hamkorlikda bolalarga tug‘ilganlik guvohnomalari hamda O‘zbekistonga qaytish hujjatlari rasmiylashtirildi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi, O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Maskatdagi vatandoshlar ko‘magida oilaga aviachiptalar taqdim etildi.
S.I. ikki nafar farzandi bilan O‘zbekistonga qaytib keldi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *