Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Informatika o‘qituvchilariga IC3 Digital Literacy Certification xalqaro sertifikati uchun ustama berish rejalashtirilmoqda
O'zbekiston

Informatika o‘qituvchilariga IC3 Digital Literacy Certification xalqaro sertifikati uchun ustama berish rejalashtirilmoqda

Jarayon 18.06.20251 daqiqa o'qiladi
1180

Yangi e’lon qilingan qo‘shma qaror loyihasida informatika fani o‘qituvchilariga ustama to‘lashda Microsoft Certified Educator (MCE) sertifikatini ro‘yxatdan chiqarish hamda IC3 Digital Literacy Certification xalqaro sertifikatini ro‘yxatga kiritish taklif etilmoqda.

Ustama olish uchun pedagoglarning natijasi IC3 Digital Literacy Certificationda har bir modul boʻyicha (jami 3 ta modul) 700 ball yoki undan yuqori boʻlishi lozim.

Mazkur qaror kuchga kirgunga olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar qoʻllaniladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *