Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy yangi qonunni imzoladi: endi ukrainaliklar boshqa davlat fuqaroligini olsa ham Ukraina fuqaroligini yo‘qotmaydi. Bu o‘zgarish ayniqsa urush sababli chet elga chiqib ketgan millionlab odamlar uchun muhim.
Avvalgi tartib bo‘yicha kim boshqa davlat pasportini olsa, avtomatik ravishda Ukraina fuqaroligidan mahrum bo‘lar edi. Endi esa bunga ruxsat beriladi.
Qonun Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lganlarga tatbiq etilmaydi. Rasmiylar bu istisnoni xavfsizlik nuqtayi nazaridan deb tushuntirishdi.
Prezident Zelenskiy bu borada shunday dedi:
“Dunyoning qayerida bo‘lmasin, bizning fuqarolarimiz o‘z yurtiga bog‘langan bo‘lib qoladi. Ular Ukraina bilan rasmiy aloqani saqlab turadi.”
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda urush boshlanganidan beri 6 milliondan ortiq ukrainalik Yevropa, Kanada va AQSh kabi davlatlarga ko‘chib ketgan. Ko‘pchiligi u yerda yashab, fuqarolik olish arafasida.
Yangi qonun tufayli ular saylovda qatnashish, mulk huquqlari va boshqa imkoniyatlardan foydalanishda muammoga duch kelmaydi. Bu o‘zgarish Ukraina va uning chet eldagi fuqarolari orasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash uchun qilinganligini taʼkidlamoqda rasmiylar.