Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Xitoy ham miya chipini ilk bemorga muvaffaqiyatli oʻrnatdi

Abrambek Azimov 17.06.20252 daqiqa o'qiladi
312

Xitoylik olimlar inson va texnologiya chegarasini yana bir pogʻonaga koʻtardilar: mart oyida butun oyoq-qoʻlidan ayrilgan bemorga ilk bor miya chipi implantatsiyasi qilindi. Oradan bir necha hafta oʻtgach, bemor oʻz fikr kuchi bilan kompyuterni boshqara oldi. U hatto poyga simulyatorlari va shaxmat oʻynagan.

Ushbu aqlbovar qilmas texnologiya Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi CEBSIT markazi va Fudan universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan. U butunlay simsiz boʻlib, inson miyasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnata oladigan invaziv BCI (brain-somputer interfase) tizimidir.

Eng qizigʻi — bu chip dunyodagi eng kichik miya implantlaridan biri hisoblanadi: diametri atigi 26 mm, qalinligi esa 6 mm dan ham kam. U juda moslashuvchan boʻlgani uchun, ishlab chiquvchilarning aytishicha, miya uni “begona jism” deb qabul qilmaydi — yaʼni, organizm deyarli uni sezmaydi. Bu jihat amerikalik Neuralink tizimidan 100 baravar ustun deb baholanmoqda.

Xitoy bu borada AQSHdan keyingi ikkinchi mamlakatga aylandi. Shu bilan birga, texnologiyani 2028-yilgacha ommaga taqdim etish, yaʼni tijoratlashtirish rejalashtirilgan.

Endi esa loyiha keyingi bosqichga oʻtmoqda: bemorni fikr orqali robot qoʻlni boshqarishga oʻrgatish maqsad qilinmoqda. Yaʼni, inson oʻz organizmidan ayrilgan hollarda ham turli ishlarni ong kuchi bilan bajara oladigan zamon yaqinlashmoqda.

Bu orada, AQSHda Ilon Mask asos solgan Neuralink kompaniyasi ham miya implantlari ustida ishlashda davom etmoqda. Ular ilk chipni 2024-yil boshida inson miyasiga joylashtirgan, hozirgacha uch bemorda sinov oʻtkazgan. Kompaniya yaqinda koʻzi ojizlar uchun ham yangi chip sinovlarini boshlashini eʼlon qildi va 650 million dollarlik sarmoya jalb qildi.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *