Clash Report nashri yozishicha, Isroil Tehronda «Dahiya doktrinasi«ni ishga solishi kutilmoqda — bu fuqarolik infratuzilmalariga zarbalarni oʻz ichiga olgan holda, oʻta katta kuch ishlatishga asoslangan urush strategiyasidir.
Bu doktrina 2006-yilda Livan bilan boʻlgan urushda vayron boʻlgan Bayrutdagi Dahiya tumani sharafiga nomlangan. Uning maqsadi — dushmanning jangni davom ettirish istagini yoʻqqa chiqarish uchun keng koʻlamli zarar yetkazish, shuningdek, tinch aholiga bosim oʻtkazib, ularni jangarilardan yuz oʻgirishga majburlashdir.
Mutaxassislar bunday strategiyani xalqaro huquq normalarini — farqlash prinsipini, nomutanosib kuch ishlatishni va jamoaviy jazoni taqiqlashni buzuvchi deb hisoblaydilar.
Dahiya doktrinasining asosiy maqsadlari quyidagicha:
– Kelajakda hujum qila olmasligi uchun dushmanga qaqshatqich talafot yetkazish.
– Fuqarolarga bosim o‘tkazib, ularni o‘z hukumatiga qarshi chiqishga undash.
– Harbiylar ijtimoiy obyektlarga yashirinini aytib, qurolli guruhlarni ayblash.
Isroil qurolli kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni Gadi Eizenkot bu yondashuvni quyidagicha izohlagan:
“Agar dushman raketasi bir qishloqdan uchirilsa — butun qishloq nishonga aylanishi mumkin”.
Xalqaro huquqqa ko‘ra, mazkur doktrina noqonuniy hisoblanadi. Boisi u kollektiv jazo sifatida malakalangan.