Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Eron yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha kelishuvga tayyor, lekin tinch atom huquqidan voz kechmaydi
Jahon

Eron yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha kelishuvga tayyor, lekin tinch atom huquqidan voz kechmaydi

Gulhayo Naimova 15.06.20252 daqiqa o'qiladi
151

Eron hukumati yadro quroli ishlab chiqmaslik bo‘yicha xalqaro kelishuvga tayyorligini bildirdi, biroq mamlakat tinch maqsadlardagi yadro energiyasini rivojlantirish huquqidan voz kechmasligini qat’iy ta’kidladi. Bu haqda shanba kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbas Aroqchi Dohada bergan bayonotida ma’lum qildi.

Biz Eronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olishga qaratilgan har qanday kelishuvga tayyormiz. Ammo agar bunday kelishuv bizni tinch atom energiyasi bo‘yicha qonuniy huquqlarimizdan mahrum qilsa, bu biz uchun maqbul emas,” — dedi Aroqchi TASS agentligiga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, AQSh bilan olib borilayotgan yadro muzokaralarining oltinchi raundi doirasida Tehron o‘zining yangi taklifini taqdim etmoqchi bo‘lgan. Bu taklif kelishuv sari yo‘l ochishi mumkin edi. Biroq Isroil tomonidan Eron hududiga qilingan so‘nggi hujum tufayli Ummon shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv bekor qilindi.

Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar bu yil aprel oyidan beri Ummon vositachiligida olib borilmoqda. Tomonlar Eron yadroviy dasturiga oid masalalarni hal qilishni maqsad qilgan. Biroq asosiy kelishmovchilik uran boyitish hajmi va nazorati bo‘yicha saqlanib qolmoqda. Rasmiy Tehron uran boyitishni tinch maqsadlar uchun deb izohlamoqda, G‘arb esa bu texnologiyalar yadroviy qurol yaratishda qo‘llanilishi mumkinligidan xavotirda.

Mazkur bayonot Eron va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchaygan, mintaqada beqarorlik ortib borayotgan bir vaqtda yangradi. Isroil ushbu haftada Eron hududidagi harbiy obyektlarga zarba berganini tasdiqladi, Tehron esa javoban harbiy harakatlar boshlanishi mumkinligini inkor etmadi.

Xalqaro kuzatuvchilar Eronning bu bayonotini ehtiyotkor diplomatik signal sifatida baholamoqda. Ular nazarida, bu tashabbus Eronni global sanksiyalardan chiqarish, iqtisodiy aloqalarni tiklash va mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan strategiyaning bir qismi bo‘lishi mumkin.

AQSh rasmiylari hozircha rasmiy javob bermagan bo‘lsa-da, muzokaralarning qayta boshlanishi va yadro dasturi bo‘yicha yangi shartnomaga erishish ehtimoli xalqaro kun tartibida qolmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *