Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2025-yil 16-iyundan 30-iyungacha bo‘lgan muddatda Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi barcha reyslarni vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qildi.
Bu chora Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli joriy etilgan.
• Yo‘lovchilar aviabiletni majburiy tarzda qaytarib olish huquqiga ega.
• Shuningdek, ular istalgan keyingi sanaga bepul qayta bron qilish imkoniyatiga ega.
Aviakompaniya noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yo‘lovchilarga barcha zarur ma’lumotlarni olish uchun Uzbekistan Airways rasmiy ofislariga yoki agentliklarga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda.