O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan Toshkentdan Pokiston poytaxti Islomobodga ilk muntazam aviaqatnov muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Aviakompaniya rasmiylariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha parvozlar endilikda har hafta shanba kunlari amalga oshiriladi.
Yangi reysning yo‘lga qo‘yilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda. Islomobod yo‘nalishiga doimiy reyslar ochilishi natijasida O‘zbekiston va Pokiston fuqarolari o‘rtasidagi sayohatlar yanada qulay va tezkor bo‘lishi kutilmoqda.
Aviakompaniya shuningdek, Toshkentdan Pokistonning yana bir yirik shahri – Lahorga ham muntazam parvozlar amalga oshirilayotganini eslatdi. Mazkur yo‘nalishda reyslar har hafta chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan yangi yo‘nalishlar mintaqaviy integratsiya, turizm rivoji va xalqaro aviatsiya aloqalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Kompaniya mazkur tashabbuslar orqali O‘zbekistonning havo transporti imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilgan.