Kecha haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishlari mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
Bugun Transport vaziri Ilhom Mahkamov ushbu vaziyatga izoh berdi. Vazirlar Mahkamasining qarori hududlar bo‘yicha statistik hisob-kitoblarni olib borish maqsadida qabul qilingan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, litsenziya olishda propiskaga yoki mashinaning davlat raqam belgisiga qaralmaydi. Masalan, Surxondaryo viloyatidan 75 raqam olingan va doimiy yashash joyi Boysunda bo‘lsa ham, haydovchi Toshkentda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olishi mumkin. Bu borada hech qanday taqiq qo‘yilmaydi.